Uydan ko‘chirish,kirgazish kabi sud qarorlari asosida olib boriladigan ijro harakatlari nomulkiy turdagi ijro hujjati hisoblanib,bunda tomonlarni birini qonuniy haq huquqi ta’minlanib,ikkinchi tomonga majburiyat yuklatiladi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining qaroriga asosan, qarzdor A.Xudaynazarov oila a’zolari bilan undiruvchi M. Fayziyevaga tegishli bo‘lgan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani, Tinchlik QFY, Qoratepa MFY, U.Ibragimov ko‘chasi raqamsiz uy-joydan ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro xujjati bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro harakatlari jarayonida davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga berilgan ogohlantirish va ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida berilgan talabnomalarga qaramay qarzdor sud qarorini ijrosini ta’minlashga qarshlik ko‘rsatgan yoki davlat ijrochisini qonuniy talablarini bajarmagan.
Shuningdek qarzdor A.Xudaynazarov davlat ijrochisini qonuniy talablarini bajarmaganligi oqibatida unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 82-moddasiga asosan ma’muriy jarimaga tortilgan.
Bundan tashqari olib borilgan ijro harakatlari jarayonida 07.08.2023 yilda ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida taraflarga va davlat tashkilotlariga talabnomalar yuborilgan.
Shundan so‘ng majburiy ijro harakatlar davomida 11.08.2023 yilda qarzdor A.Xudaynazarov oila a’zolari bilan Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani, Tinchlik QFY, Qoratepa MFY, U.Ibragimov ko‘chasi raqamsiz uy-joydan majburiy tartibda ko‘chirilib, undiruvchi M.Fayziyevaga ushbu xonadon topshirilgan.
Tegishli tartibda dalolatnoma ramiylashtirilib Qonunning 41-moddasiga asosan amalda tamomlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!