date
views 529

O‘zbekistonliklar Rossiyadagi zavodga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonliklar Rossiyadagi zavodga ishga taklif qilinmoqda

O‘zbekistonlik fuqarolar Rossiyadagi zavodga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolar Rossiyaning Saratov viloyatidagi metallkonstruksiya zavodiga elektr-gaz payvandchi sifatida ishga taklif etiladi. Ulardan quyidagilar talab etiladi:

  • elektr-gaz payvandchi yo‘nalishi bo‘yicha tegishli guvohnomaga ega bo‘lish;
  • xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lish;
  • rus tilini muloqot darajasida bilish;
  • kamida 1 yillik ish tajriba;
  • Rossiyaga kirish uchun taqiqi bo‘lmagan 20-45 yosh erkaklar. 

Shuningdek, ish beruvchi tomonidan:

  • aviachipta;
  • patent xarajatlari;
  • yotoqxona;
  • maxsus ishchi kiyim.

Fuqarolar tanlovda agentlikning Namangan viloyati filialiga xorijga chiqish va biometrik pasportlari bilan kelishlari lozim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar Rossiyadagi zavodga ishga taklif qilinmoqda