Shavkat Mirziyoyev Samarqandning Oqdaryo tumanidagi maktab sharoiti bilan tanishdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Samarqandning Oqdaryo tumanidagi maktab sharoiti bilan tanishdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev Samarqandning Oqdaryo tumanidagi maktab sharoiti bilan tanishdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida bo‘lib, sharoitlar bilan tanishdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, ushbu maktab 2023-yilda kapital taʼmirlandi. U 782 o‘quvchiga mo‘ljallangan. 22 ta sinfxona, sport zali, oshxona, STEM laboratoriyasi, kompyuter xonalarida zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Kutubxonada 1 ming 500 dan ziyod badiiy adabiyotlar jamlangan.

Maʼlumki, yoshlarni kamida ikkita chet tili va bitta zamonaviy hunarga o‘rgatish maktab taʼlimidagi asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan. Maktabning bo‘sh turgan yer maydonida yengil konstruksiyalardan qo‘shimcha xonalar qurilib, 15 xil kasb-hunar uchun sharoit tashkil etilgan. Ularda o‘quvchilar kompyuter, texnik xizmat ko‘rsatish, to‘quvchilik, sartaroshlik, kosmetologiya, kulolchilik, o‘ymakorlikning ilk saboqlarini o‘rganadi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandning Oqdaryo tumanidagi maktab sharoiti bilan tanishdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident ushbu xonalarni kirib ko‘rdi, yozgi to‘garakka kelgan bolalar bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandning Oqdaryo tumanidagi maktab sharoiti bilan tanishdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Samarqandning Oqdaryo tumanidagi maktab sharoiti bilan tanishdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Biz oliy taʼlimda qamrovni kengaytirib boryapmiz. Lekin hamma ham universitetda o‘qishni tanlamaydi. Shuning uchun farzandlarimizga maktabdayoq chet tillari va hunarlar o‘rgatishni maqsad qilganmiz. Kimning kichkina bo‘lsayam qo‘lida kasbi bo‘lsa, kuni o‘tadi. Keyin yana o‘z ustida ishlab, mahoratini oshirishi ham mumkin. Maqsadimiz — har bir yoshga munosib sharoit yaratish”, — dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandning Oqdaryo tumanidagi maktab sharoiti bilan tanishdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev shu yerda o‘qituvchilar va mehnat faxriylari bilan muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandning Oqdaryo tumanidagi maktab sharoiti bilan tanishdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Samarqandning Oqdaryo tumanidagi maktab sharoiti bilan tanishdi (foto)
Foto: Prezident matbuot xizmati
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar