14:29 / 25.08.2023
376

O‘zbekistonda dam olish kuni ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kuni ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda

Yakshanba kuni O‘zbekiston hududining katta qismida ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda, deb xabar berdi “O‘zgidromet”.

Ma’lum qilinishicha, 26-avgust, shanba kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Rossiyaning janubiy hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning qolgan hududlarida 26-avgustda quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat 33-36 daraja bo‘ladi.

27—28-avgust kunlari nam va salqin havo massalari kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi. Barcha joylarda bulutlilik kuchayishi kutilmoqda, respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi havo harorati 23-28 darajagacha pasayadi. Kechasi va ertalab havo biroz salqinlashadi. 28-avgustga kelib, kechasi harorat 13-16 darajagacha pasayadi.

Ushbu kunlarda shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzi joylarda 23-25 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ob-havo o‘zgarishi sezilarli bo‘ladi, bu hududlarda 27—28-avgust kunlari baʼzi joylarda kuchli yomg‘irlar yog‘ib o‘tadi. Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 27—29-avgust kunlari sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.



Ob havo Andijon, Qarshi ob havo, Navoiy ob havo, Samarqand ob havo

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda dam olish kuni ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda