date
views 93

500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi joriy etiladi

500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi joriy etiladi

Respublika bo‘yicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi, baholash tizimi joriy etiladi. Bunda, Prezident va ixtisoslashgan maktablar ularga “tayanch maktab” bo‘ladi.

Bir yilda ularning ishi baholanib, yangi tizimni samarali qo‘llagan o‘qituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi (bunga kelgusi yilda 250 milliard so‘m ajratiladi).

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri viloyat hokimlari bilan birga, kelasi yildan ushbu 500 ta maktabning har biriga 3 tadan maktabni biriktirib, yangi tizimni yo‘lga qo‘yadi.

Bu ishlar orqali yana 1,5 mingta maktabga Prezident va ixtisoslashgan maktablar metodikasi, muhiti kirib boradi. 

Kelgusi besh yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinadi. Shu bilan birga, bu yilda maktablarda dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egalari” olib kelindi.

Viloyat hokimlari bir hafta muddatda ularning uy-joy masalasini hal qilib beradi. Vazir yangi tizim joriy qilinadigan maktablar ko‘payishini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib keladi.

Bu yil maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashga respublika budjetidan 320 milliard so‘m ajratilib, maktablarga 40 mingga yaqin kompyuterlar olib berildi. Yangi o‘quv yilida ushbu maqsadlar uchun respublika budjetidan 200 milliard so‘m, viloyat hokimlari ham yana 200 milliard so‘m ajratadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar o‘quv dasturi joriy etiladi
-->