Tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbarlari tomonidan xodimlarni ovoz yig‘ishga majburlanishi taqiqlanadi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi eslatdi.
«Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorning 6-bandiga binoan, xodimlarni ovoz to‘plashga majburlash - majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi», deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq, majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi, xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga ko‘ra jinoiy javobgarlik belgilangan.
«Ochiq budjet» loyihalari uchun ovoz berish jarayoni 2023 yil 26 avgustdan boshlandi va 15 sentyabrga qadar davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!