date
views 157

Toshkent tumanida deyarli 2,5 mlrd. so‘mlik tovarlar mahsulotlar yo‘q qilindi

Toshkent tumanida deyarli 2,5 mlrd. so‘mlik tovarlar mahsulotlar yo‘q qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.07.2009 yildagi 200-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash to‘g‘risida"gi Nizomiga muvofiq Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi Toshkent tumani bo‘limi ish yurituvidagi sud qarorlariga asosan 82 ta ijro hujjati bo‘yicha jami 2 mlrd. 422 mln. so‘mlik yo‘q qilish belgilangan tovar moddiy boyliklar (dori vositalari, iste’molga yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlari, alkogol va tamaki mahsulotlari)ni tuman hududidagi maxsus ajratilgan joyda yo‘q qilindi.

Ushbu tovar moddiy boyliklarning 24 ta ijro hujjati bo‘yicha 1 mlrd. 723 mln. so‘mligi (dori vositalari) Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tuman (shahar) xodimlari tomonidan, 28 ta ijro hujjati bo‘yicha 32,1 mln. so‘mligi Davlat soliq inspeksiyasi tuman (shahar) xodimlari tomonidan, 22 ta ijro hujjati bo‘yicha 628,9 mln. so‘mlik Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan hamda 8 ta ijro hujjati 38,7 mln. so‘mligi Ichki ishlar organlari tomonidan ushlangan.

Yo‘q qilish jarayoni komissiya a’zolari, OAV vakillari va xolislar ishtirokida belgilangan tartibda o‘tkazildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent tumanida deyarli 2,5 mlrd. so‘mlik tovarlar mahsulotlar yo‘q qilindi