15:27 / 04.09.2023
131

“Bilimlar kuni” tadbirida 4-sektor mutasaddilari ishtirok etdi

“Bilimlar kuni” tadbirida 4-sektor mutasaddilari ishtirok etdi

Bugun Toshkent viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O‘rta Chirchiq tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 30-maktabdagi “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi.

Maktab pedogogik jamoasi, o‘quvchilar va ularning ota - onalari bilan tashkil etilgan uchrashuvda, mustaqillikning tarixiy ahamiyati, uning naqadar oliy ne’mat ekanligi va bu ne’matning qadr –qimmati, uni avaylash, asrlar osha avlodlarimizga yetkazish bizning muqaddas burchimiz ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

⚡️Shu bilan birgalikda bugungi kun taraqqiyotida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati, mamlakatimiz ravnaq topishida barcha sohalarda olib borilayotgan jadal o‘zgarishlar haqida ham so‘z yuritildi.

Aytish kerakki, bugungi kunda ushbu ta’lim dargohida 35 nafar o‘qituvchi 490 nafardan o‘quvchilarga ta’lim tarbiya berib kelishmoqda. Bu yil o‘quvchilar soni yana 49 nafarga ko‘paydi. Maktabga ilk bor qadam qo‘ygan bolajonlarga Prezident sovg‘asi maktab o‘quv qurollari topshirildi.

Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etgan “Mustaqillik darsi”da mamlakatimizning ertasi, bugungi olib borilayotgan islohotlarimizning davomchisi va buyuk ajdodlarning munosib avlodi ekanligini va ular uchun barcha shart – sharoitlarni yaratib berilayotganligi ta’kidlab o‘tdi.

Toshkent viloyati soliq boshqarmasi axborot xizmati


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat