date
views 221

Vazirlik va tashkilotlarning reyting natijalari e’lon qilindi

Vazirlik va tashkilotlarning reyting natijalari e’lon qilindi

BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksining 2022 yilgi reyting natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘tgan davrga nisbatan 18 pog‘ona yuqorilab, 195 ta mamlakat orasida 69-o‘ringa ko‘tarilib, eng tez sur’atlarda o‘sayotgan davlatlar qatoriga qo‘shilgandi.

Ushbu xalqaro reyting ko‘rsatkichlari asosida O‘zbekistondagi davlat va xo‘jalik hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida (keying o‘rinlarda – davlat tashkilotlari) raqamli transformatsiya holatini reyting baholash metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.

2023 yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayoniga 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimliklar: jami 95 ta davlat tashkilotlari qamrab olindi.

Reyting baholash ishlari 5 ta yo‘nalishda amalga oshirildi:

- Ochiqlik va elektron ishtirok;

- Elektron davlat xizmatlari;

- Axborot xavfsizligi;

- Faoliyatning raqamlashtirilganligi;

- Tashkiliy masalalar.

Reyting natijalari quyidagi tartibda 3 ta toifaga ajratiladi:

71 dan 100 ballgacha — «yashil» (yaxshi);

55 dan 71 ballgacha — «sariq» (qoniqarli);

55 dan pasti — «qizil» (qoniqarsiz).

Baholash natijalariga ko‘ra:

Yaxshi – «yashil» ro‘yxatga jami 38 ta;

Qoniqarli – «sariq» ro‘yxatga jami 41 ta;

Qoniqarsiz – «qizil» ro‘yxatga jami 17 ta tashkilot kirdi.

Batafsil ma’lumot: NIS (egov.uz)

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazirlik va tashkilotlarning reyting natijalari e’lon qilindi