Foto: Planet 360 Info
Planet 360 Info xalqaro axborot-tahliliy portalida «Maqsad: nol ochlik. Osiyo va Yevropa vazirlari hamda diplomatlari Samarqandda oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini muhokama qiladi» sarlavhali maqola italyan, ingliz va rus tillarida e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Unda shu yil 7-8 sentyabr kunlari Samarqand shahrida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan. «Tadbirda 30 dan ortiq davlatdan vazirlar va diplomatlar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar, moliyaviy institutlar, ilmiy tashkilotlar – Shanxay hamkorlik tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti, Jahon banki, Islom oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki vakillari qatnashishi nazarda tutilgan», deyiladi maqolada.
Materialda ta’kidlashicha, anjuman doirasida «O‘zbekistonning agro-oziq-ovqat salohiyati» ko‘rgazmasi va O‘zbekistonning 1-Agro-oziq-ovqat investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. «Forumda Germaniya, Italiya, Isroil, Vengriya, Koreya Respublikasi, Polsha, Ozarboyjon va Qozog‘istondan 50 dan ortiq kompaniya ishtirok etishi rejalashtirilgan», - deb yozgan Planet 360 Info.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!