date
views 275

Olimlar tarixdagi eng issiq davrni ma’lum qildi

Olimlar tarixdagi eng issiq davrni ma’lum qildi

Foto: Getty Images

Insoniyat oxirgi uch oy ichida Yerdagi iqlim inqirozi oqibatlarini to‘liq his qildi. Yuqori harorat, jazirama to‘lqini va kuchli o‘rmon yong‘inlari sayyorani tom ma’noda qizdirdi.

Natijada 2023 yilning yozida tarixdagi eng issiq haroratlar qayd etildi. BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti va Yevropaning Copernicus iqlim xizmati tegishli bayonotni e’lon qildi. Bu haqda Gizmodo xabar berdi.

Meteorologlar iyul oyi tarixidagi eng issiq oy bo‘lgani sababli 2023 yil yozi harorat rekordini o‘rnatishini taxmin qilgandi. Olimlar kutganidek, avgust joriy yilning iyulidan keyin tarixdagi ikkinchi eng issiq oyga aylandi. Jumladan, joriy yozning so‘nggi oyi oldingi yillarga qaraganda deyarli 1,5 daraja issiqroq bo‘ldi.

Tadqiqotchilarning fikricha, issiqlik va El-Nino hodisasi o‘rtasida bog‘liqlik bor. Bu yilgi jazirama nafaqat quruqlikka, balki okeanga ham ta’sir qildi.

El-Nino — kuchli tabiiy hodisa, ekvatorial va Janubiy Tinch okeanidagi suv haroratining davriy ravishda oshishi. U butun sayyoradagi iqlimga ta’sir qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar tarixdagi eng issiq davrni ma’lum qildi