date
views 298

Bosh vazir va hokimlar boshchiligida tun-u kun ishlaydigan shtablar tuziladi

Bosh vazir va hokimlar boshchiligida tun-u kun ishlaydigan shtablar tuziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlardagi sanoat korxonalari faoliyatining uzluksizligini ta’minlash masalasiga e’tibor qaratildi va tarmoqlarning barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan mutasaddi idoralarga qator topshiriqlar berildi.

Jumladan, bosh vazir boshchiligida tun-u kun ishlaydigan respublika shtabi tuziladi. Joylarda ham viloyat hokimlari boshchiligida hududiy shtablar tashkil etiladi.

Shtabda iqtisodiyot, investitsiya, soliq, bojxona, bank, energetika, standart, kadastr vakillari korxonalardan 24 soat davomida muammolarini qabul qilib, ularni tezkor hal qiladigan tizim bo‘ladi.

Hafta yakunida hokimlar va tarmoq rahbarlari bilan birga barcha masalalar bosh vazir huzurida muhokama qilinadi va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlarga chora ko‘riladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga viloyat hokimlari bilan birga 232 ta mahalliy sanoat korxonasida ishlab chiqarishni oshirish, 210 ta yirik sanoat loyihasini to‘liq ishga tushirish choralarini ko‘rish topshirildi. Sanoat zonalari va yirik loyihalarning infratuzilma bilan ta’minlanganlik holatini o‘rganish va bu ishlar uchun ajratilgan 1,2 trillion so‘mni to‘liq ishlatish vazifasi qo‘yildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh vazir va hokimlar boshchiligida tun-u kun ishlaydigan shtablar tuziladi