date
views 152

Qozog‘istonda blogerlar to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi

Qozog‘istonda blogerlar to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi

Foto: Vladislav Vodnev

Blogerlar to‘g‘risidagi Qozog‘iston qonuni ommaviy axborot vositalarida rasmiy e’lon qilinganidan 60 kun o‘tgach, ya’ni 9 sentyabrdan kuchga kirdi.

Qonun onlayn platformalar va blogerlarning huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Xususan, internet tarmog‘ida soxta ma’lumotlarni tarqatganlik uchun mavjud jinoiy javobgarlik bilan birga ma’muriy javobgarlik ham joriy etilmoqda.

Onlayn platformalarning oddiy foydalanuvchilari uchun jarima 20 ta oylik hisob ko‘rsatkichi (2023 yilda 69 ming tenge yoki 1,8 mln so‘m), tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi blogerlar uchun esa 40 ta OHK (2023 yilda 138 ming tenge yoki 3,6 mln so‘m) miqdorida belgilangan.

Onlayn platformalar interfeysi va moderatsiyasiga milliy tilni joriy etish ham rejalashtirilmoqda. Bu ijtimoiy tarmoq algoritmlariga qozoq tilidagi kontentni moderatsiya qilish imkonini beradi.

Shuningdek, onlayn platforma egalari yolg‘on ma’lumotlar va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashda davlat organlari bilan hamkorlik qilishi talab etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida reklama joylashtirgan qozog‘istonlik blogerlar tadbirkor sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi.

«Buning uchun internet tarmog‘ida resursdan foydalanuvchilar sonini aniqlash dasturini o‘rnatish va mahalliy vakolatli organ bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi qonuniy vakilni tayinlash talabi kiritilmoqda. Agar onlayn platformalarda noqonuniy kontent aniqlansa, qonuniy vakilga uni olib tashlash haqida xabar beriladi. Agar bu talab bajarilmasa, vakolatli organ onlayn-platforma faoliyatini cheklash huquqiga ega», deb tushuntirdi parlament deputati Anas Bakko‘jayev.

Shuningdek, internet saytlari foydalanuvchilari o‘z sahifalarida joylashtirilgan onlayn reklamani markirovka qilishi va umuman, o‘z faoliyatini Tadbirkorlik kodeksiga muvofiq olib borishi shart.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonda blogerlar to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi