Ayrim aliment qarzini to‘lamasdan qochib yurgan otalardan farqli o‘laroq, ham o‘zini ham farzandining ta’minotini o‘ylaydigan otalar ham bisyor. Zero, «Farzand kamoli — ota jamoli» deb bejizga aytilmagan.
Byuroning G‘allaorol tuman bo‘limi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining 26.08.2016 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor O.Q.dan undiruvchi Z.Z. foydasiga turmushlaridan bir nafar farzandlari ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan ijro hujjati mavjud.
Ushbu ijro hujjati bo‘yicha davlat ijrochilari tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, tomonlarga yuborilgan. Shuningdek qarzdor O.Qurbonovning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Qarzdor fuqaro O.Qurbonov ish bilan vaqtincha chet elga chiqish zarurati tufayli Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi 808-sonli qaroriga asosan farzandining aliment ta’minoti uchun 5 yillik to‘lovlarini oldindan 101 mln. so‘m to‘lab berdi.
Kelgusida farzandning onasi ushbu pullarni farzandining kelajagi uchun sarflasa, otasi 5 yil chet ellarga bemalol borib kelishi mumkin bo‘ladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring