Turli sabablar bilan yillar mobaynida aliment pullarini to‘lamay yurgan qarzdor shaxslar oxir oqibat kech bo‘lsada o‘z majburiyatini bajarishi shart. Avvalambor qonunlar shuni talab etadi. Qolaversa bu farzandning rizqi.
Byuroning Yangiyo‘l shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining 09.10.2018 yildagi qaroriga asosan qarzdor F.Yuldashevdan, undiruvchi N.Yuldasheva foydasiga 1/3 qism miqdorida aliment undirish túg‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Bo‘lim davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor bir necha yildan beri chet mamlakatda ekanligi ma’lum bo‘lgan. U xorijdan qaytgach ijro harakatlari davom ettirilgan.
Mazkur ijro ishi yuzasidan qarzdordan farzandi 18 yoshga túlguniga qadar búlgan jami 51 590,7 ming súm aliment pullari undirilib, ijro hujjati amalda tamomlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring