date
views 231

O‘zbekistonda ipoteka kreditlarini ko‘proq kimlar olmoqda?

O‘zbekistonda ipoteka kreditlarini ko‘proq kimlar olmoqda?

Markaziy bank 2023 yilning 8 oyida aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, yil boshidan beri 45 965 nafar fuqaroga 10,3 trillion so‘m ipoteka kreditlari berildi. Shundan 1,2 trillion so‘m O‘zbekiston Ipotekani qayta moliyalashtirish mablag‘lari, 3,2 trillion so‘m bank o‘z mablag‘lari, 5,7 trillion so‘m Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi.

Eng ko‘p ipoteka kreditlari berilgan hududlar orasida Toshkent shahri (3 318 mlrd so‘m) yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni Toshkent viloyati (836,3 mlrd so‘m) egallagan bo‘lsa, Farg‘ona viloyati (784,4 mlrd so‘m) uchinchi bo‘ldi. Ipoteka kreditlarining eng kam miqdori esa Sirdaryo viloyatida (251,7 mlrd so‘m).

Foto: Markaziy bank

Ipoteka kreditini olayotgan orasida ayollar va erkaklar ulushi quyidagicha:

  • erkaklar — 29 508 nafar (64 foiz);
  • ayollar — 16 453 nafar (36 foiz).

Yosh toifasiga ko‘ra, ushbu kreditni ko‘proq 31-50 yosh atrofidagi fuqarolar olmoqda:

  • 18-30 yosh — 8 327 nafar (12 foiz);
  • 31-50 yosh — 32 134 nafar (70 foiz);
  • 50 yoshdan yuqori — 5 500 nafar (12 foiz).

2023 yilning 8 oyida aholiga berilgan ipoteka kreditlarining 55 foizi (5,7 trln so‘m), birlamchi bozordagi uylarga 45 foizi (4,5 trln so‘m) ikkilamchi bozordagi uylar uchun ajratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ipoteka kreditlarini ko‘proq kimlar olmoqda?