date
views 103

15–35 yoshdagi xotin-qizlar ayrim preparatlar bilan bepul ta’minlanadi

15–35 yoshdagi xotin-qizlar ayrim preparatlar bilan bepul ta’minlanadi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

“O‘zbekiston-2030” strategiyasiga ko‘ra, chaqaloqlarda irsiy kasalliklar bo‘yicha selektiv skrining tekshiruvlar qamrovi kamida 50 foizga oshiriladi. Bolalar o‘rtasida irsiy kasalliklar 2 barobarga qisqartiradi. Tug‘uruq o‘rinlari soni 35 foizga oshiriladi.

6–23 oylik bolalarni mikronutriyent kukuni, 2–10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar, 3–15 yoshdagi bolalarni yod preparati, 15–35 yoshdagi xotin-qizlarni polivitamin, temir va foliy kislotasi bilan bepul ta’minlash ishlari rivojlantiriladi.

Chora-tadbirlar natijasida yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar tarqalishi 20 foizga qisqarishiga erishiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 15–35 yoshdagi xotin-qizlar ayrim preparatlar bilan bepul ta’minlanadi