date
views 69

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 100 foiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 100 foiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

Foto: Sputnik / Vitaliy Ankov

2023-2030 yillarda bolalarni maktabgacha ta’lim va tayyorlov guruhlari bilan qamrab olish darajasi 100 foizga yetkaziladi. Buning uchun 2 mingta yangi bog‘cha bunyod etiladi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotlari 100 foiz toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlanadi. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi amalga oshiriladi. 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab har yili 500 ming yangi quvvatlar tashkil etilib, o‘quv o‘rinlari soni 7,5 millionga yetkaziladi.

Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi kamida 50 foizga yetkazilib, davlat granti asosidagi qabul parametrlari 2 barobarga oshiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 100 foiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi