Toshkent viloyati Nurafshon shahrida 30 yoshli ayolga tegishli bo‘lgan Lacetti'ni olib qochgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 8 sentyabr kuni soat 19:10 larda noma’lum shaxs Nurafshon shahar “Bobur” MFYda joylashgan do‘kon oldida turgan, kaliti avtomashinada ochiq qoldirilgan Lacetti'ni olib qochgan. Mashina 1993 yilda tug‘ilgan N.R.ga tegishli bo‘lgan.
Holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida ushbu mashinani shaharning “Ma’rifat” MFYda yashovchi 41 yoshli B.J. olib qochgani aniqlangan va u qo‘lga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar