date
views 1 315

23ta tumanda quduq burg‘ulash ta’qiqlandi

23ta tumanda quduq burg‘ulash ta’qiqlandi

Yer osti suvlari sathi va zaxiralari kamayib ketayotgan 23 ta tumanda quduqlar burg‘ulash ta’qiqlandi, deb xabar qilmoqda Dunyo.

Jumladan: Nurota, Nurobod, Payariq, Ishtixon, Urgut, Qo‘shrabot, Forish, Zomin, Yangiobod, Sharof Rashidov, Chiroqchi, Ko‘kdala, Koson, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Beshariq, Jalaquduq, Xo‘jaobod, Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa, Izboskan tumanlarida quduqlar burg‘ulashga moratoriy joriy etildi, - deyiladi xabarda.

Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, tasdiqlangan miqdordan ortiqcha suv olish suv sathining pasayib ketishiga va bu zaxiralarning bir necha yil ichida tugashiga olib kelishi mumkin. Natijada ichimlik suv manbasi bo‘lgan quduqlar quriydi va katta mablag‘lar hisobiga qurilgan ichimlik suv inshootlari suv bermay qo‘yadi.

Yer osti suvlaridan foydalanish va quduq burg‘ulash tizimini takomillashtirish, yer osti suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha nazoratni kuchaytirish, aholi orasida suvdan oqilona foydalanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, yer osti suvlarning kamayishi hamda ifloslanishining oldini olish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bolalarni yoshlikdan suvni tejashga o‘rgatish maqsadida 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan o‘zbektilida (Tomchivoy) va rus tilda (Kapelka) jurnali tayyorlanib, chop etildi. Umumta’lim maktablarida ochiq darslar, jumladan “Water time” dasturi tashkil etildi. Bugungi kunga qadar mazkur dasturning 4 ta soni tasvirga olinib ommaga e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston dunyodagi eng qurg‘oqchil mamlakatlardan biridir. Hududimizning katta qismi cho‘l zonasida joylashgan, mamlakatdagi daryo va ko‘llar yirik xalqaro suv omborlari bilan bog‘langan bo‘lib, ulardan boshqa mamlakatlar ham foydalanadi.️ Suv resurslaridan unumli foydalanish va uni asrab-avaylash muhim zaruratdir. Aks holda kelajak avlod bu muhim resursdan mahrum bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 23ta tumanda quduq burg‘ulash ta’qiqlandi