So‘nggi vaqtlarda o‘zaro kelishmovchilik sababli nikohdan ajrashayotgan taraflarning navbatdagi nizolari uy-joy nizolaridan iborat bo‘lib qolmoqda.
Ayniqsa, ota-onasining uyiga arazlab ketib qolgan yosh kelinchaklar ham, “chiqqan qiz chig‘iriqdan nari” degandek, qaytib kelsalar sig‘may qolishlari tabiiy holga aylanib ulgurdi.
Bu holatda begunoh farzandlarning ikki o‘rtada sarson-sargardon bo‘lishlari, uysiz-joysiz, ota yoki ona mehrisiz qolishlari haqida gapirish esa eng achinarlisidir.
Xususan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan undiruvchi U.Isroilovani Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylarning biridagi 36-xonadoniga majburiy tartibda kiritib qo‘yish to‘g‘risidagi ijro hujjati yuzasidan Byuroning Chilonzor tuman bo‘limi davlat ijrochisi J.Sherkuziyev tomonidan joriy yilning 15 sentyabr kuni olib borilgan ijro harakatlari natijasida undiruvchi U.I. bir nafar voyaga yetmagan farzandi bilan kelinlik uyiga kiritib qo‘yilishi ta’minlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!