date
views 185

Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushini oshiradi

Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushini oshiradi

Markaziy Osiyo davlatlari milliy valyutalarda o‘zaro to‘lovlar ulushini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sirojiddin Muhriddinga tayanib, TASS xabar bermoqda.

Dushanbeda bo‘lib o‘tgan maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qabul qilingan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining qo‘shma bayonotida savdo-iqtisodiy sohada o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, savdo va sarmoyaviy sharoitlar yaratish zarurligi haqida so‘z boradi. Shuningdek, mintaqada tashqi savdo operatsiyalarini milliy valyutalarga o‘tkazish muhimligi ta’kidlangan.

«Mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushini bosqichma-bosqich oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi», — deya Muhriddin bayonot matnini keltirgan.

Bundan tashqari, davlat rahbarlari sanoat va sanoat kooperatsiyasi sohasida hamkorlik qilish, shuningdek, Markaziy Osiyoning tranzit salohiyatidan foydalanish niyatida.

Dushanbedagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha to‘rtta hujjat imzolandi. Xususan, Markaziy Osiyoda quruqlikdagi transportning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash bo‘yicha kelishuv mintaqa transport xizmatlari bozorida raqobat muhitini ta’minlaydi, dedi Tojikiston vaziri.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy Osiyo davlatlari o‘zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalar ulushini oshiradi