19:50 / 19.09.2023
479

Yil yakuniga qadar pensiyalar miqdori oshiriladi

Yil yakuniga qadar pensiyalar miqdori oshiriladi

Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator qonun loyihalari muhokama qilingan.

Xususan, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijara munosabatlaridagi huquq va erkinliklarini yanada mustahkamlash hamda pensiyalarni tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqilgan.

Tadbirda ishtirik etgan Pensiya jamg‘armasi direktorining o‘rinbosari Zoxidxo‘ja Tursunovning ma’lum qilishicha, 2023 yil yakunigacha pensiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilgan.

“Har yili davlat pensiyalari miqdorlarini yillik inflatsiya darajasida qayta hisoblash va oshirib borish tizimini joriy qilish, joriy yil yakuniga qadar pensiyalar miqdorini inflyatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda, jami 14 foizga oshirish rejalashtirilgan. Ikkinchi o‘zgarishimiz fuqarolarning pensiya ta’minotini yaxshilash va pensiyanerlarni qo‘llab-quvvotlash maqsadida 2024 yil 1 yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytiriladi”, degan Zoxidxo‘ja Tursunov.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta pensiya va nafaqalar miqdori 2023 yil 1 aprelidan 7 foizga oshirilgandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yil yakuniga qadar pensiyalar miqdori oshiriladi