date
views 222

O‘zbekiston yaqin orada JSTga to‘laqonli a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi.

Davlat rahbarining aytishicha, izchil davom etayotgan islohotlar natijasida O‘zbekiston iqtisodiyoti, global tahdidlarga qaramasdan, barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda. So‘nggi olti yilda yalpi ichki mahsulot hajmi bir yarim martadan ortiq ko‘paydi.

Bizning bosh maqsadimiz – 2030 yilga qadar bu ko‘rsatkichni yana 2 barobarga oshirishdir. Iqtisodiyotimizni liberallashtirish yo‘lidagi yana bir ustuvor vazifamiz – yaqin orada Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lishdir”, dedi prezident.

Xalq turmush darajasini oshirishga qaratilgan siyosat tufayli mamlakatda 2017 yildan buyon kambag‘allik ikki barobarga kamaydi. 2030 yilgacha uni 7 foizga tushirish reja qilingan. Aholini ichimlik suvi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlash ko‘lami bir necha bor oshiriladi.

Biz Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi tomonidan ilgari surilgan “Ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy himoya global akseleratori” borasidagi tashabbusni qo‘llab-quvvatlaymiz. Mazkur tashabbus doirasida tajriba almashish uchun 2024 yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida “Ijtimoiy himoya: barqaror taraqqiyot sari yo‘l” butunjahon konferensiyasini yurtimizda o‘tkazishni taklif etaman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston yaqin orada JSTga to‘laqonli a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda