Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining 2018 yil 1 oktyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor Q.B.dan undiruvchi Q.X.ning foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taminoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatiga asosan qarzdorning 2023 yil 1 sentyabrga qadar aliment qarzdorligi 20 mln. 339 ming so‘mni tashkil qilganligi sababli, qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47(4)-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib qonuniy qaror qabul qilishlik uchun jinoyat bo‘yicha bo‘yicha Bulung‘ur tuman sudiga yuborilgan.
Sud jarayonida jazo tayinlashini bilgan qarzdor fuqaro 20 mln. 339 ming so‘m alimentni to‘liq to‘lab berdi va O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 271-moddasiga asosan jazodan ozod qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!