date
views 239

Qarzdorlikni undirish uchun ko‘chmas mulk 1 mlrd. 800 mln. so‘mga sotildi

Qarzdorlikni undirish uchun ko‘chmas mulk 1 mlrd. 800 mln. so‘mga sotildi
Korxonalar ochish,ishlab chiqarishni rivojlantirish,zamonaviy texnologiyalarni xarid etish uchun yurtimizda faoliyat yuritayotgan ko‘plab banklar tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida so‘ralgan miqdorda kredit pullarini ajratmoqda.  
Afsus-ki o‘zaro ikki yoqlama kelishuv va shartnoma asosida olingan kredit qarzdorliklar u yoki bu sabab muddatida qaytarilmasligi bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazadi.

Majburiyatlarni vaqtida bajarmaslik esa oxir oqibat sudning hal qiluv qarori asosida kredit qarzlarini majburiy tartibda undirish bilan yakunlanadi. Byuroning Qibray tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “NOVAGRO” MCHJdan, undiruvchi ATB “Agrobank” foydasiga jami 8 169 608,6 ming so‘m kredit qarzdorlik undirish va undiruvni Toshkent viloyati, Qibray tumani, Do‘rmon qishloq fuqarolar yig‘inidagi 18-uyga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati 03.07.2023 yilda bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro hujjati qo‘zg‘atilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan kelishuv dalolatnomasiga asosan ushbu uy 302 mln. 184 ming so‘mga baholangan.  
Ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida, ushbu ko‘chmas mulkni hatlash va ko‘zdan kechirilib, band solingan hamda tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Mazkur xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish maqsadida, elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi orqali “Ye-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida sotish uchun chiqarilgan va ushbu ko‘chmas mulk kim oshdi savdosida 1 mlrd. 866 mln. 139 ming so‘mga sotilib qarzdorlik qisman qoplangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdorlikni undirish uchun ko‘chmas mulk 1 mlrd. 800 mln. so‘mga sotildi