Gohida oiladagi kichik mojaro ham er, ham ayolning o‘zaro munosabatlarini yaxshilashga xizmat qilar ekan.
Biroq vaziyat nazoratdan chiqib ketsa, ana shu kichik muammo oilaviy mojarolarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda er-xotinning bir-biriga nomaqbul so‘zlarni aytishi, haqoratlashi, farzandlarni, uy-joyni o‘zaro talashishi kabi xunuk holatlar sodir bo‘lishi mumkin.
Er-xotinning murosasizligi sabab er uydan haydab chiqarilgach, erning buzilgan huquqlari sud orqali tiklanishigacha olib keldi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 24.07.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor B.S. dan undiruvchi A.A. foydasiga Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uyning 17-xonadoniga kiritish haqidagi ijro ishi yuzasidan Byuroning Yashnobod tuman bo‘limi davlat ijrochisi J.A’zamov tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida ota o‘z uyiga kiritib qo‘yilishi ta’minlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!