Homilador ayol samolyotda qiz farzandni dunyoga keltirdi


Pegas Fly aviakompaniyasiga qarashli samolyotda Xabarovsk shahridan uch kishi bo‘lib Tailandga yo‘l olgan oila manzilga to‘rt kishi bo‘lib yetib kelgan.
Gap shundaki, Pxuket shahriga yo‘l olgan samolyot bortida homilador ayol qiz farzandni dunyoga keltirgan, deya xabar beradi RIA Novosti aviakompaniya vakili Aleksey Fraymovich so‘zlariga asoslanib.
– Xabarovskdan Pxuketga yo‘l olgan aviakompaniya samolyoti homilador ayolning to‘lg‘oq tutishi natijasida Xanoyga qo‘nishga majbur bo‘lgan. Ayol samolyot bortida qiz farzandni dunyoga keltirdi. Oila a’zolari Xabarovskda uch kishi edi, Vyetnamga kelib to‘rt kishi bo‘ldi. Ona va bola Xanoydagi xalqaro gospitalga yotqizilgan, oilaning qolgan a’zolari ham Vyetnamda", — deydi Fraymovich.
Aviakompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, samolyot Xanoyda zapravka qilib, turistlarni Pxuketga yetkazgan. Samolyot esa hozirda Xabarovskga qaytib kelgan.































Izohlar 0
…