date

Yoz – o‘tmoqda soz!

Yoz – o‘tmoqda soz!

Samarqand shahar hokimligi madaniyat va sport ishlari bo‘limi tasarrufidagi Amir Temur madaniyat va aholi dam olish markazi (MADOM) badiiy havaskorlik jamoalari rahbar xodimlari bilan Samarqand shahar 24-son umumta’lim maktabi qoshida tashkil etilgan yozgi kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohi “Yoshlik”da O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi oldidan “Yoz – o‘tmoqda soz!” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu madaniy tadbirni oromgoh direktori Nasiba Safarovna To‘xtaeva ochib, sog‘lomlashtirish oromgohida dam olayotgan o‘quvchilarga Ona Vatanimiz mustaqilligi to‘g‘risida, mustaqillik bergan oliy ne’mat haqida, yurtboshimizni yoshlarga berayotgan e’tiborlariga, yurtimizdagi tinchlikni qadriga, oromgohdagi barcha yaratib berilgan shart-sharoitlarga rahmatlar deyishlarini takidladi. Siz aziz yoshlarni yaxshi dam olishingizni tashkil etish maqsadida bugun yana oromgohimizga Amir Temur madaniyat markazi xodimlari tashrif haqida gapirib, oldindan o‘z minaddorchiligini aytib o‘tdi. Dasturni O. Jumanazarov ushbu she’r bilan boshladi:

Ollohning mehribon nigohi tushgan
Jannatday makoni bordir O‘zbekning.
Quyosh, oy talashgan, yulduz talashgan,
Musaffo osmoni bordir O‘zbekning.

Har jonning manglayin silab turguvchi,
Kelardan-ketardan so‘ylab turguvchi.
Etti pushtigacha qo‘llab turguvchi,
Ul Sohibqironi bordir O‘zbekning!

Avlodlarni baxtli qilmog‘i uchun,
Kelajagi buyuk bo‘lmog‘i uchun.
Ozod, obod Vatan kolmog‘i uchun,
Ko‘p, oliy farmoni bordir O‘zbekning!


- Ha, yurtimizda ushbu muborak bayramga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bugungi bayram oldi tadbiri ham sizlarga bag‘ishlanadi.

Dasturni qiziq bo‘lishi uchun turli o‘yinlar orqali oromgohda dam oluvchilari o‘zlari tomoshabin bo‘lmay, tadbirning faol ishtirokchisiga aylandilar. Dasturda raqs-xoreografiya guruhi (Yo. Narzullaeva), “Afrosiyob” vokal-cholg‘u guruhi (S. Oripov) xonanda Sh. Tursunovlar o‘z ijodiy reperuarlaridan namunalar ijro qilindi.

Dasturning hayajonli daqiqasi Amir Temur MADOM qoshidagi “Esperanto” internasional do‘stlik to‘garagining rahbari A. Ionesov tomonidan, dunyoda tinchlik ramzi bo‘lib qolgan, qog‘ozdan yasaladigan turnachalarni yasalish namoish bo‘ldi. Barcha ishtirokchilarga turnachalar sovg‘a qilindi. Qizig‘i shundaki, dastur tugadi, bolalarga tushlik vaqti e’lon qilindi, lekin o‘quvchilar qo‘lida qog‘oz bilan menga ham o‘rgating deb turishardi. Bir so‘z bilan aytganda tadbir bolalar xotirasida bir umrga saqlanib qoladigan bo‘ldi.

Oromgoh boshlig‘i o‘rinbosari Zayniddin Ibodullaevich Ibodullaev yakuniy so‘zga chiqib oromgohda har davra (potok) davomida 150 nafardan ortik bolalar dam olayotgani haqida, oromgohda turli tugaraklar faoliyat ko‘rsatayotganligini, ularda 20 nafar tarbiyachi va to‘garak rahbarlari faoliyat olib borayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Bugungi tadbir uchun barchani nomidan o‘z minaddorchiligini bildirdi.

Ochil Shenazarov
A. Ivanov olgan suratlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Yoz – o‘tmoqda soz!