15:13 / 05.10.2023
237

6 oktyabr kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi

6 oktyabr kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi
«O‘zgidromet» 6 oktyabr, juma kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+15 daraja, kunduzi +21...+23 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.



Qarshi ob havo, Navoiy ob havo, Andijon ob havo, Samarqand ob havo

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 6 oktyabr kuni aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘adi