Qish oylari uchun taxminiy ob-havo prognozlari ishlab chiqildi. Bu haqda «O‘zgidromet» vakillari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, 2023-2024 yil qish mavsumi uchun 2023 yil yanvardagi kabi juda past darajadagi anomal sovuq harorat kutilmalari mavjud emas.
Ammo, shimoldan rivojlangan sovuq antisiklonlarning mintaqaga kirib kelishida respublika katta qismida haroratning -7...-12 darajagacha, shimolda -17...-22 daraja sovuqlikka pasayish to‘lqinlari vujudga kelish ehtimoli bor.
Ma’lumot uchun, 2023 yilning yanvarida sovuq antisiklonning respublikada chuqurroq kirib kelishi fonida respublika katta qismida harorat -17...-22 darajagacha pasaygan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar