O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrug‘i bilan Komil Togayevich Ruziyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
K.Ro‘ziyev 1975 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U ish faoliyatini 2003 yilda Bosh prokuraturasi huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tezkor guruh katta inspektori vazifasidan boshlab, Departamentning Samarqand va Toshkent viloyat boshqarmasi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.
So‘ngra, 2017 yilda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Sergeli tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimida davom ettirib, Byuroning Yashnobod, Uchtepa hamda Olmazor tuman bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Mazkur tayinlovga qadar, K.Ruziyev Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasining sobiq boshlig‘i E.Xolmatov esa, hozirda Byuroning markaziy apparati bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!