date
views 277

Toshkent viloyatida to‘y korteji ishtirokchilari 10 sutkaga qamaldi

Toshkent viloyatida to‘y korteji ishtirokchilari 10 sutkaga qamaldi

Foto: Videodan kadr

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Yangiyo‘l shahar sudi to‘y kortejining ikki ishtirokchisini 10 sutkaga qamoqqa olish haqida hukm chiqardi.

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda to‘y marosimiga ketayotgan haydovchilar mashina rulini qo‘yib yuborib, salondan chiqib olgani aks etgan video tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIB YHXB tomonidan aniqlanishicha, voqea joriy yilning 1 oktyabr kuni taxminan soat 15:00 da Samarqand ko‘chasida sodir bo‘lgan. Mazkur huquqbuzarlikni Yangiyo‘l tumanida yashovchi 22 yoshli fuqaro sodir etgan.

Sud qonunbuzarlarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan aybdor deb topgan va 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida to‘y korteji ishtirokchilari 10 sutkaga qamaldi