Hozirgi kunda davlat iqtisodiyotini yuksaltirishda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri – mamlakatimiz aholisini ijtimoiy himoya qilish, uning turmush farovonligi va real daromadlarini oshirish hisoblangan bir paytda ayrim korxona va tashkilotlar tomonidan xodimlar ish haqi o‘z vaqtida to‘lanmasdan sudgacha borishi achinarli holatdir.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 19.08.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan undiruvchi N.Irgashevaning foydasiga 17.347.000 so‘m majburiy progul vaqti uchun ish haqi va 7 000 000 so‘m ma’naviy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro ishlari Byuroning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, tuman bo‘limi davlat ijrochisi S.Jurayevning to‘g‘ri targ‘ibot olib borishi natijasida oylik ish haqi to‘liq undirilib, 25.09.2023 yilda ijro ish tamomlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!