Foto: Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati
Surxondaryo viloyatida 2 kilogrammdan ziyod opiy vagon ostiga yashirilgani aniqlandi, deb xabar bermoqda viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
Unga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda navbatdagi kontrabanda holatiga chek qo‘yildi. Qo‘shni davlatdan bojxona postiga kirib kelgan yuk poyezdi vagonlari belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganda, xizmat iti vagonlardan birida shubhali modda borligi yuzasidan belgi berdi.
Shundan so‘ng mazkur vagon chuqurlashtirilgan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda vagonning pastki balka qismida xufiyona tarzda yashirilgan jami og‘irligi o‘rami bilan 2,14 kilogramm bo‘lgan opiy giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!