18:18 / 17.10.2023
77

«Ekspomarkaz»da turizm sohasida investitsiyalar ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

«Ekspomarkaz»da turizm sohasida investitsiyalar ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda

Foto: Farrux Aliyev

Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida joriy yilning 17-18 oktyabr kunlari Global investitsiya forumi va ko‘rgazma tashkil etilmoqda.

Investitsiya forumida vazirlar, halqaro moliya institutlari rahbarlari darajasida muhokamalar, 5 ta panel sessiyasi, 22 ta taqdimot o‘tkazish rejalashtirilgan.

4200 kv.m maydonda O‘zbekistonning 14 ta hududini mavjud turistik-investitsion salohiyati, 3 ta turistik-rekreatsion zona (Zomin, Chorvoq, Chimyon), Markaziy Osiyo davlatlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston), shuningdek, 4 ta startap loyihalarining (Yaponiya, Chexiya, Fransiya va Braziliya) va shu jumladan Turizm qo‘mitasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «O‘zbekiston aeroportlari» AJ va «Uzbekistan vertolyotlari» MCHJlarining stendlari tashkil etildi.

Bugungi kunga qadar 100 dan ortiq davlatdan 634 nafar vakillari, shu jumladan, 122 ta yirik xorijiy investorlar hamda 540 ga yaqin yirik mahalliy kompaniyalar Bosh Assambleyaning rasmiy veb-saytidagi maxsus havola orqali ro‘yxatdan o‘tib ishtirokini tasdiqladi.

Forum doirasida umumiy qiymati 2 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar manzilli ro‘yhati shakllantirilib investorlarga taqdim etildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat