O‘zbekistonliklar Ruminiyaga qurilish ishlariga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqarolar uch ish turi: payvandchi (MIG/MAG), CNC dastgohi operatori, chilangarlik bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Ish vaqti haftasiga 40-48 soat. Ish haqi esa 750 yevrodan boshlanadi (soliqlar chiqarib tashlanganda). Ish beruvchi hisobidan:
- O‘zbekistondan Ruminiyaga aviachipta;
- Ruminiya ishchi vizasi va ishlash ruxsatnomasi;
- yotoqxona;
- bir mahal ovqat (tushlik);
- tibbiy va boshqa sug‘urtalar.
Nomzodlar uchun quyidagi talablar qo‘yilgan:
- 25-45 yosh bo‘lishi;
- rus yoki ingliz tilini bilishi;
- qurilish sohasida 3 yillik ish tajribasi;
- arxitektura-qurilish chizmalarini bilishi;
- sudlanmagan bo‘lishi;
- qurilish sohasida sertifikatga ega bo‘lishi.
Suhbatga biometrik va xorijga chiqish pasporti, kasbini tasdiqlovchi sertifikati bilan kelishi talab etiladi. Tanlov o‘tkaziladigan hudud va sana:
- 18-19-oktyabr Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Qoratosh ko‘chasi 44-uy. Mo‘ljal: Xadradagi “Asakabank” binosi orqasida joylashgan “Xadra o‘quv markazi”.
- 20-oktyabr Samarqand shahri, Narpay ko‘chasi 7b-uy. “Ishga marhamat” monomarkazi binosi. Mo‘ljal: Sanoat kolleji yonida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qashqadaryoda iste'molga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarish holatlari fosh etildi
Firmaning 297 mln. soʻm kredit qarzi naqd undirildi
Gʻallaorolda yana bir oila yarashtirildi
Qish va men yoxud nima uchun qishni yomon koʻraman?
Teatr va kino aktyori Ravshan Joʻrayev hayotdan koʻz yumdi
Mahrga toʻqqiz xonali uy va Mercedes: ijtimoiy tarmoqlarda muhokama!