Har bir xodimning mehnati ortida topgan halol mehnati orqali oilasi, farzandlarini moddiy sharoitini ta’minlashdek ulkan vazifa turadi. Zavodda “prorab” edim, yordam bering deya kelgan fuqaroga MIB xodimi tomonidan qonuniy yordam berildi.
Byuroning Yashnobod tuman bo‘limiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 22.08.2023 yilgi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Toshkent Mexanika zavodi kapital qurilish” MCHJdan undiruvchi Sh.Jumanovni avvalgi “prorab” vazifasiga ishga tiklash haqidagi ijro ishi kelib tushgan bo‘lib, bo‘lim davlat ijrochisi J.A’zamov tomonidan barcha protsessual harakatlar belgilangan tartibda olib borilib, Qonunning 72-moddasiga asosan amalga oshirildi hamda tegishli buyruqqa asosan xodim ishga tiklanishi ta’minlandi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring