13:43 / 18.10.2023
132

Xodimga tashkilotdan 110 mln.so‘mdan ortiq ma’naviy zarar xamda ish haqi undirib berildi

Xodimga tashkilotdan 110 mln.so‘mdan ortiq ma’naviy zarar xamda ish haqi undirib berildi

Byuroning Yashnobod tuman bo‘limida yugur-yugurlardan charchagan fuqaroning muommosi to‘laligicha hal etildi, ya’ni fuqaro foydasiga ish haqi va yetkazilgan ma’naviy zarar undirib berilishi ta’minlandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudining 05.10.2023 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “O‘zbekneftgaz” AJdan undiruvchi B.Tagayev foydasiga jami to‘lanmay qolgan oylik ish haqi, ma’naviy zarar 110 mln. 977 ming so‘m undirish haqidagi ijro ishi yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi M.Raxmanov tomonidan tegishli ijro harakatlari olib borildi.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan moddiy qiymatliklar o‘rganilib, Qonunda belgilangan tartibda band solingan va undiruvni qarzdor nomiga rasmiylashtirilgan moddiy qiymatliklarga qaratish yuzasidan majburiy ijro choralari ko‘rilayotgan paytda qarzdorlik qarzdor tomonidan to‘liq bartaraf etilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat