12:57 / 23.10.2023
367

O‘zbekistonga nam havoning yangi qismi kirib kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonga nam havoning yangi qismi kirib kelishi kutilmoqda

O‘zbekiston bo‘yicha 23-27 oktyabr kunlari uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi.

Bugun kunduzi O‘zbekistonning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida asosan jadalligi biroz bo‘lgan yomg‘irlar yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 13-18 daraja atrofida, ba’zi joylarda 20 darajagacha bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

24-25 oktyabr kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko‘tariladi va hafta o‘rtasiga kelib, kunduz kunlari havo 22-25 darajagacha, janubda 27 darajagacha isiydi.

26 oktyabrda respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan nam havoning yangi qismi kirib kelishi kutilmoqda. Markaziy, janubiy va shurqiy hududlarda yana yomg‘ir yog‘adi, harorat 15-20 darajagacha pasayadi.

27 oktyabrda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 17-22 daraja bo‘ladi.

Ushbu hafta davomida harorat kechalari 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Poytaxtimizda 23 oktyabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Harorat 14-16 daraja bo‘ladi.

24-25 oktyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-24 darajagacha ko‘tariladi.

26 oktyabrda yomg‘ir yog‘adi, harorat 16-18 darajada bo‘ladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat