17:30 / 23.10.2023
205

Suv ta’minotidan qarzdorliklar undirilmoqda

Suv ta’minotidan qarzdorliklar undirilmoqda

Organizmning ichimlik suviga bo‘lgan talabini, shuningdek sanitariyaga oid ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun sanitariya qoidalari, normalariga va gigiyena normativlariga, davlat standartlariga muvofiq tayyorlangan, inson sog‘lig‘i uchun xavfsiz bo‘lgan suvni iste’molchilarga yetkazib berish ham oson bo‘lmaydi. Buning uchun ham ancha buncha harakat talab qilinadi.

Lekin iste’molchilar orasida iste’mol qilingan suvining ham pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab, qasddan to‘lamay yuradigan shaxslar ham talaygina.

Xususan, joriy yil boshidan Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyati boshqarmasi hududiy bo‘limlari ish yurituviga «Jizzax suv ta’minoti» MCHJ foydasiga 1169 ta ijro hujjati bo‘yicha 2,2 mlrd so‘m qarzdorlik undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari kelib tushgan. Shundan 839 ta 1,4 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlangan bo‘lsa, 130 ta ijro ishi doirasida 218,6 mln. so‘mlik qarzdorlik qarzdorlarning oylik ish haqlariga qaratilgan.

Bu borada ijro harakatlari davom ettirilmoqda. Tabiiy boyliklarimizning qadriga yetib, undan foydalangandan so‘ng to‘lovlarini ham o‘z vaqtida to‘lab borilsa, shu kabi ortiqcha harakatlar amalga oshirilmas edi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat