Kreditni o‘z vaqtida to‘lamaslik qarzdorga hech qachon yaxshilik olib kelmaydi. Xususan, o‘z faoliyatin rivojlantirish va tadbirkorlikni kengaytirish maqsadida fuqaro Sh.Saparniyozov “Agrobank” ATB Oqoltin tuman bo‘limidan kredit olgan va to‘lashga kelganda paysalga solgan.
Natijada ish sudgacha borib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudining qarzdor Sh.Saparniyozovdan undiruvchi bank foydasiga 20 mln.so‘m kredit qarzini undirish yuzasidan qarori qabul qilingan.
Sudning ijro varaqasi byuroning Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan qo‘zg‘atilgan va olib borilgan ijro harakatlari natijasida fuqaroga tegishli bo‘lgan DAMAS rusumli transport vositasi xatlanib, onlayn auksion savdolariga joylashtirilgan.
Onlayn auksionga qo‘yilgan mol-mulklar qonunda belgilangan tartibda sotilishi va sotuvdan tushgan pul mablag‘lari bank kreditini qoplash maqsadida o‘tkazib berilishi bo‘yicha qarzdor ogoxlantirilganidan so‘ng, mol-mulkidan ajrab qolishni bilgan qarzdor tomonidan kredit qarzdorliklari bir kunning o‘zida to‘liq to‘lab berilisha ta’minlanib, ijro ishi amalda tamomlangan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring