22:48 / 26.10.2023
260

Farg‘onada davlat xizmatchisiga sodir etilgan qarshilik, jazo bilan yakunlandi...

Farg‘onada davlat xizmatchisiga sodir etilgan qarshilik, jazo bilan yakunlandi...

Xalqimizda «Birovni aldama, yurgan ko‘changning boshi berk» degan maqol bor. Bu hikmatning hayotiy ifodasini o‘zgalarning mulkini ishonchini suiiste’mol qilgan holda qo‘lga kiritib, pinagini buzmay yurgan, ammo kuni kelib, baribir qonun oldida javob bergan shaxsning achchiq qismati misolida yaqqol ko‘rish mumkin.

Keyingi paytlarda qarindosh-urug‘, quda-anda, uzoq qarindoshlarga  kredit olish, savdo do‘konlaridan muddatli to‘lovga maishiy texnika xarid qilish hamda to‘lovni amalga oshirish jarayonlarida  nizolar ko‘p ko‘zga tashlanmoqda.

Buning asosiy omillari jabrlanuvchilarning ishonuvchanligi, soddadilligi va eng asosiysi, qonun-qoidalarni yaxshi bilmasligi bilan bog‘liq. Quyidagi misol ham bu fikrni tasdiqlaydi.

Qo‘ngilchan Mag‘zuna (ismi o‘zgartirilgan) qudaxolasining iltimosiga ko‘ra "GARANT MEBELLARI" MCHJdan uyali telefon olib berishini iltimos qilib, hisob-kitobni shaxsan o‘zi oyma-oy to‘lab borishga ishontiradi.

Buyog‘ini so‘rasangiz,  oradan ma’lum bir vaqt o‘tib, Majburiy ijro byurosi Toshloq tuman bo‘limidan qarzdorlik yuzasidan Mag‘zunani ogohlantirish uchun davlat ijrochisi eshikdan kirib keladi.

Shu tarzda ijrochi qarzdorlikni undirish maqsadida bir necha bor Mag‘zunani uyiga boradi.

Pichoq suyakka yetgach Mag‘zuna shundan so‘nggina bu haqida uni nomiga kreditga olingan “telefonning haqiqiy egasiga”, ya’ni foydalanayotgan qudaxolaga qo‘ng‘iroq qiladi va qarzdorlik bo‘yicha Byuro xodimlari kelganligini ma’lum qiladi.

Oradan bir oz fursat o‘tgach qarzdorning qarindoshlari kirib keladi va xizmat vazifasini bajarayotgan davlat ijrochisi I.Bilolovga faol qarshilik ko‘rsatiladi.

Davlat ijrochisi, sud va boshqa vakolatli organlar ijro hujjatlarining majburiy ijro etilishi bevosita Byuro organlari zimmasiga yuklatilgan va bu jarayonda yuzaga keladigan munosabatlar Qonunda belgilangan majburiy ijro etish choralari orqali tartibga solinishi haqida tushuntirishga harakat qiladi, ammo ijrochi tushuntirishlarini tugatar-tugatmas qarzdorning qudaxolasini o‘g‘li ijrochini yuz qismiga mushti bilan zarba berib, tan jarohati yetkazadi.

Shu sababli, ijro harakatlarini amalga oshirish imkoni bo‘lmaydi va bu haqida dalolatnoma rasmiylashtirilib, holat yuzasidan tegishli organlarga murojaat qilinadi.

Mazkur holat yuzasidan, tuman prokuraturasi tomonidan I.I. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va to‘plangan hujjatlar mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun tuman sudiga yuborilgan.

JIB Toshloq tumani sudining 24.10.2023 yilgi hukmiga asosan sudlanuvchi I.I. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 219-moddasi, 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan bir yil ozodlikdan maxrum qilish jazosi tayinlandi va jazoni umumiy manzil koloniyalarida o‘tashligi belgilandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat