Toshkent metropoliteni «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishining 2-bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan Turon (13-bekat) va Qipchoq (14-bekat) metro bekatlarida qurilish ishlarining so‘ngi bosqichi amalga oshirilyapti.
«Toshkent metropoliteni» DUKning ma’lum qilishicha, ushbu yangi bekatlarni yo‘nalishdagi mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash maqsadida, joriy yilning 3-5 noyabr kunlari 3 kun muddatga, «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishining Tolariq (10-bekat), Xonobod (11-bekat) va Quruvchilar (12-bekat) bekatlarida poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
Bu kunlarda «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishida poyezdlar harakati «Texnopark» (Do‘stlik-2) — «Qiyot» (9-bekat) bekatlari oralig‘ida tashkil etiladi.
Shuningdek, yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Qiyot» (9-bekat) – «Quruvchilar» (12-bekat) bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring