17:33 / 27.10.2023
429

Toshkentdan Madinaga uchgan samolyot ikki soatdan so‘ng ortga qaytdi

Toshkentdan Madinaga uchgan samolyot ikki soatdan so‘ng ortga qaytdi

Foto: Uzbekistan Airports

«Uzbekistan Airports»ning xabar berishicha, 27 oktyabr kuni Toshkent–Madina yo‘nalishida parvoz qilayotgan UZP-361 reysi mahalliy vaqt bilan soat 13:37 da qaytib, Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan. Ta’kidlanishicha, aeroportga qaytish haqidagi qaror ekipaj tomonidan texnik sabab tufayli qabul qilingan.

Kun.uz holat yuzasidan «Uzbekistan Airports» AJ matbuot xizmati bilan bog‘landi. Xizmat xodimi Ahmadjon Orifjonovning aytishicha, hozircha samolyot aynan qanday texnik sabablarga ko‘ra qaytarilgani ma’lum emas. Kun yakuniga qadar aniq ma’lumotlar e’lon qilinishi aytildi.

Rasmiyga ko‘ra, «Panorama Airways» aviakompaniyasi bu reysi uchun o‘zidagi yagona Airbus A330 rusumli samolyotini uchirgan. Yo‘nalish bo‘yicha manziliga yetolmagan yo‘lovchilarga qanday bort jalb qilinishi noma’lum.

Ma’lumot uchun, «Panorama Airways» o‘zining ilk reysini 2022 yil dekabr oyida amalga oshirgandi. O‘shanda Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk tijoriy reys parvoz qilgandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat