10:30 / 30.10.2023
87

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sayyohlik yo‘lagini shakllantirish bo‘yicha dastur ishga tushiriladi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sayyohlik yo‘lagini shakllantirish bo‘yicha dastur ishga tushiriladi

Foto: Senat.uz

Senat raisi Tanzila Norboyeva XXR madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Parlament yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida savdo-iqtisodiy hamkorlikni, parlamentlararo muloqotlar va madaniy-humanitar almashuvlarni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida mamlakatlar umumiy tarixini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, "Ipak yo‘li" jamg‘armasi ko‘magida ikki davlat shaharlari o‘rtasida sayyohlik yo‘lagini shakllantirish bo‘yicha dasturni ishga tushirish va keyinchalik unga Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini ham jalb qilish taklifi ilgari surildi.

Uchrashuv so‘nggida Xitoyda O‘zbekiston madaniyat kunlarini va aksincha mamlakatda Chin yurti madaniyat kunlarini tez-tez o‘tkazish hamda madaniyat markazlari faoliyatini jonlantirishga kelishib olindi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat