17:16 / 30.10.2023
237

Nomulkiy tusdagi ijro harakatlari davom etmoqda

Nomulkiy tusdagi ijro harakatlari davom etmoqda

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar tuman bo‘limlari tomonidan sudlarning nomulkiy tusdagi ijro varaqalari asosida ijro harakatlari Byuro direktorining 10.05.2023 yildagi “Nomulkiy tusdagi hujjatlar ijrosini jadallashtirish yuzasidan” 10.3/23-31-584-sonli topshirig‘ida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar amalga oshirilgan holda ijrosi ta’minlanib kelinmoqda.

Xususan, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining ijro varaqasiga asosan da’vogar Yu.X.ni Yakkasaroy  tumanidagi 67-uyning yashash xonalariga majburiy tartibda kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, tuman bo‘limi davlat ijrochisi D.Jurayev tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida da’vogar Yu.X., ya’ni ushbu xonadonning sobiq kelini yashagan xonasiga kiritib qo‘yilishi ta’minlandi va ijro ishi amalda tamomlanishiga erishildi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat