date
views 161

“Yashil makon” - 6000 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi

“Yashil makon” - 6000 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi

Prezidentimiz tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy viloyatining barcha hududlarida turli daraxt va buta ko‘chatlarini ekish ishlari jadal olib borilmoqda.

Xususan, aholi punktlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, hududlarni yashil makonga aylantirish maqsadida Byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi va tuman-shahar bo‘limlari xodimlari Xatirchi tumani “Tinchlik” mahallasi hududida joylashgan 6 gektar yer maydonida ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirdi.

Tashkil etilgan tadbirlarda 6000 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yashil makon” - 6000 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi