Majburiy ijro byurosi Nurafshon shahar bo‘limi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘rtachirchiq, Bekobod, Quyichirchiq, Ohangaron va Yangiyo‘l tumanlararo sudlarining ijro varaqalariga asosan qarzdor “Toshkent viloyati Toza Hudud” DUKdan 371 nafar undiruvchi fuqarolarga jami 1.189.127.852 so‘m ish haqi undirish hamda davlat foydasiga 77 ta ijro hujjatiga asosan jami 39.149.674 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari kelib tushgan bo‘lib, darhol davlat ijrosi tomonidan ijro ishi yuritish to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilinib ijro harakatlariga kirishilgan.
Mazkur ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash maqsadida, davlat ijrochisi tomonidan mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorliklarni bartaraf qilish yuzasidan qarzdor Toshkent viloyati "Toza hudud” DUKga tegishli tartibda talabnoma va ogohlantirish xatlari yuborilgan va qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash uchun vakolatli organlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan javoblarga ko‘ra, undiruvga qaratish mumkin bo‘lgan boshqa mol-mulklari mavjudligi aniqlangan hamda barcha mol-mulklariga “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga asosan taqiqlar qo‘yilib, hisob raqamlariga inkasso topshiriqnomalari yuborilgan.
Davlat ijrochisining rasmiy ravishda ogohlantirishlariga qaramasdan qarzdor Toshkent viloyati "Toza hudud” DUK tomonidan talabnoma ijrosi ixtiyoriy muddatda bajarilmagandan so‘ng, Byuroning Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, 14.04.2023 yilda qarzdorga tegishli bo‘lgan 5 ta maxsus axlat tashuvchi avtotransport vositalari ro‘yxatga olinib, xatlangan va to‘plangan hujjatlar “Master Estimation” MCHJ baholovchi tashkilotga yuborilgan hamda baholovchi tashkilotning xulosasiga asosan jami 5 ta maxsus axlat tashuvchi avtotransport vositalari 1.450.840.000 so‘mga baholangan.
Bundan tashqari qarzdor Toshkent viloyati "Toza hudud” DUK ijro harakatlari davomida 14.09.2023 yilda qarzdorga tegishli bo‘lgan 4 ta yuk avtotransport vositalari va 3 ta maxsus texnikalar ro‘yxatga olinib, xatlangan va to‘plangan hujjatlar “Master Estimation” MCHJ baholovchi tashkilotga yuborilgan hamda baholovchi tashkilotning xulosasiga asosan jami 7 ta transport vositalari 1.365.860.306 so‘mga baholangan.
Qarzdor Toshkent viloyati "Toza hudud” DUKga tegishli bo‘lgan xatlanib 2.816.700.306 so‘m baholangan jami 12 ta avtotransport vositalari va maxsus texnikalar “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga sotuvga chiqarilgan bo‘lib, 5 ta maxsus axlat tashuvchi avtotransport vositalari elektron-onlayn auksionda jami 791.731.600 so‘mga sotilgan va sotuvdan tushgan pul mablag‘laridan 699.431.152,73 so‘mi 253 nafar undiruvchi fuqarolarga ish haqi uchun, 39.149.674,3 so‘mi 77 ta ijro hujjatlari bo‘yicha davlat boji uchun yo‘naltirilib, jami 330 ta ijro hujjatlarini ijrosi amalda ta’minlangan.
Shuningdek, Byuroning Nurafshon shahar bo‘limi tomonidan elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan qarzdorga tegishli bo‘lgan 1.365.860.306 so‘mga baholangan jami 7 ta transport vositalari sotuvidan tushgan pul mablag‘lari hisobidan qolgan 118 nafar undiruvchilarning ish haqlari to‘liq undirib berilishi ta’minlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring