23:45 / 02.11.2023
119

Farzand endi ona tarbiyasida

Farzand endi ona tarbiyasida

Oila –muqaddas dargoh. Uni asrab-avaylash er-xotinning burchidir. Biroq, ming afsuski, gohida bugungi kunda arzimas  sabablar bilan ajrashgan oilalar uchrab turibdi. Afsuslanarlisi o‘rtadagi shirindan-shakar farzandlar gohida arosatda qolmoqda.

Aynan mana shu nizoli vaziyatlar, ya’ni bolalarni ona yoki otaga olib berish bilan bog‘liq nomulkiy tusdagi hujjatlar ijrosini ta’minlashga Byuro organlari tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Kelib tushayotgan shu toifadagi hujjatlar ijrosini ta’minlashda eng birinchi navbatda oilalarni yarashtirish, arosatda qolayotgan farzandlarni ota-ona qaromog‘ida tarbiyalash tushuntirilmoqda. Biroq, ayrim hollarda esa...

Namangan tumanida yashovchi G.Sheraliyeva oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘i T.Umarov bilan ajrashib ketadi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining 2023 yil 24 avgustdagi ijro varaqasiga asosan voyaga yetmagan 1 nafar farzandini ona tarbiyasiga olib berish ko‘rsatib o‘tilgan.

Byuroning Namangan tumani bo‘limi tomonidan ish yurituviga olingan hujjat ijrosini ta’minlash oson kechmadi. Qarzdor bir necha bor ogohlantirishga qaramay farzandini sud qaroriga ko‘rsatilganidek, onasiga bermadi.

Oxir oqibat ish majburiy ijro harakatlari natijasida amalga oshirildi. Kuni kecha navbatdagi tadbir davomida farzand ona tarbiyasiga olib berildi. Hujjat ijrosi amalda ta’minlandi.

Akmal Erjigitov 

Bosh prokuratura huzuridagi 
Majburiy ijro byurosining
bo‘lim bosh inspektori


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat